
ISO 17034 AKKREDITATSIYALANGAN · SERTIFIKATLANGAN STANDART MATERIALLAR
Global sanoat va tahlil laboratoriyalar uchun standart namunalar
ISO akkreditatsiyalangan laboratoriyadan yuqori aniqlikdagi standart material. 3+ mamlakatda analitik aniqlik va metrologik kuzatilish kafolati.
KOMPANIYA HAQIDA
Topfinresult — xalqaro akkreditatsiyalangan laboratoriya
Topfinresult 2008-yildan buyon Toshkent shahrida faoliyat yuritib kelmoqda. Bizning laboratoriya ISO 17034 va ISO/IEC 17025 xalqaro akkreditatsiyalariga ega bo'lib, 350 dan ortiq turdagi sertifikatlangan standart materiallarni ishlab chiqaradi. Bizning missiyamiz — global sanoat uchun eng yuqori sifatli standart materiallarni ishlab chiqarish va xalqaro metrologik kuzatilishni ta'minlashdir. 45 dan ortiq mamlakatdagi sanoat korxonalari analitik aniqlik uchun bizga ishonch bildiradi.
1
Standart materiallar
3
Hamkor mamlakatlar
15+
Yillik tajriba
99.7%
Aniqlik darajasi
STANDART NAMUNALAR
Standart namunalar katalogi
Geologiya sohasidagi standart namunalar
Geologik tahlil, kon-metallurgiya sifat nazorati va mineral tarkibini tekshirisih uchun Standart namunalar
Batafsil →Ekologiya sohasidagi standart namunalar
Tuproq va suv sifatini monitoring qilish hamda atrof-muhit muhofazasi uchun standart namunalar
Batafsil →Oziq-ovqat sohasidagi standart namunalar
Oziq-ovqat sifatini nazorat qilish va xavfsizlikni ta`minlash uchun standart namunalar
Batafsil →AKKREDITATSIYA VA SERTIFIKATLAR
Xalqaro akkreditatsiyalar
ISO 17034:2016
Standart namunalar ishlab chiqaruvchisi
Bizning kompaniyamiz standart namuna ishlab chiqarish uchun xalqaro akkredidatsiya jarayonida. Ishlab chiqarilgan standart namunalarimiz bir jinsli, stabil va sifatni ta`minlaydi
ISO/IEC 17025
Sinov va kalibrlash laboratoriyalari
Sinov va kalibrlash natijalari xalqaro darajada tan olinadi. Laboratoriyamiz yuqori aniqlikdagi tahlil usullarini qo'llaydi.
HAMKORLIK
Loyihangiz uchun standart materiallar kerakmi?
Mutaxassis jamoamiz sizga kerakli SSM turini tanlash, texnik maslahat berish va tezkor yetkazib berish bo'yicha yordam beradi. Bepul konsultatsiya oling.
YANGILIKLAR
So'nggi yangiliklar va e'lonlar
Laboratoriya faoliyati, yangi mahsulotlar va sertifikatlash jarayonlari haqidagi eng so'nggi ma'lumotlar.
KO'P BERILADIGAN SAVOLLAR
Mijozlar uchun FAQ
Sertifikatlangan standart materiallar haqida eng ko'p beriladigan savollar
Sertifikatlangan standart namuna (CRM) nima?
Metrologik jihatdan asoslangan protsedura bilan bir yoki bir nechta ma’lum xususiyatlari tavsiflangan standart namuna, unga sertifikat biriktirilgan bo‘lib, unda aniqlangan xususiyat qiymati, unga tegishli noaniqlik va metrologik kuzatiluvchanlik tasdiqlanishi ko‘rsatiladi.
Qanday akkreditatsiyalaringiz bor?
Bizning laboratoriya ISO 17034 (standart materiallar ishlab chiqaruvchi) va ISO/IEC 17025 (sinov va kalibrlash laboratoriyalari) xalqaro akkreditatsiyalariga ega.
Buyurtma qanday beriladi?
Saytimizda "Narx so'rash" tugmasini bosib, ariza shaklini to'ldiring. Jamoamiz 24 soat ichida siz bilan bog'lanib, narx va yetkazib berish shartlarini taqdim etadi. Shuningdek, info@topfinresult.uz elektron pochta orqali ham murojaat qilishingiz mumkin.
Yetkazib berish qancha vaqt oladi?
O'zbekiston ichida yetkazib berish 3-5 ish kunini oladi. Xalqaro yetkazib berish mamlakatga qarab 7-14 ish kunini tashkil etadi. Shoshilinch buyurtmalar uchun tezlashtirilgan yetkazib berish xizmati mavjud.
Sertifikat hujjatlarini qayerdan yuklab olish mumkin?
Har bir mahsulot sahifasida "Sertifikatni yuklab olish" tugmasi mavjud. Sertifikat PDF formatida yuklab olinadi va tahlil usullari, kuzatilish ma'lumotlari hamda sertifikatlangan qiymatlarni o'z ichiga oladi.
Minimal buyurtma miqdori qancha?
Minimal buyurtma miqdori mahsulot turiga qarab farq qiladi. Ko'pchilik SSMlar 20g qadoqlarda taqdim etiladi. Katta hajmdagi buyurtmalar uchun maxsus shartlar mavjud — batafsil ma'lumot uchun biz bilan bog'laning.


