BIZ HAQIMIZDA

Topfinresult — O'zbekistonning yetakchi standart materiallar ishlab chiqaruvchisi

Topfinresult — sertifikatlangan standart namunalar bo'yicha mutaxassis jamoa

BIZNING MAQSADIMIZ

Missiya

"Topfin Result" jamoasi sifatida bizning missiyamiz — geologiya va tog‘-kon sanoati uchun yuqori aniqlikdagi standart namunalarni ishlab chiqish orqali laboratoriya tahlillari ishonchliligini kafolatlashdir. Biz innovatsion yondashuv va metrologik aniqlik yordamida mijozlarimizga tahlil natijalarining shaffofligini ta’minlovchi ishonchli etalonlarni taqdim etamiz. Maqsadimiz — mahalliy ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va global geologiya-qidiruv sohasida sifat nazoratining yangi bosqichiga chiqishdir. Har bir tahlil ortida turgan aniqlik bizning mas'uliyatimizdir.

BIZNING QARASHLARIMIZ

Viziya

"Topfin Result" — geologik standart namunalar ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqadagi yetakchi brendga aylanishni va xalqaro laboratoriyalar tomonidan tan olinadigan etalonlarni yaratishni maqsad qiladi. Biz doimiy innovatsiyalar orqali geologiya sohasidagi tahlil jarayonlarini to‘liq raqamlashtirilgan va xatosiz darajaga yetkazishni ko‘zlaymiz. Kelajakda mahsulotlarimiz global metrologiya zanjirining ajralmas qismi bo‘lib, kon-metallurgiya sanoatida sifat bo‘yicha oltin standartga aylanadi. Bizning viziya — har bir tadqiqotda mutloq aniqlik va xalqaro darajadagi ishonch ramzi bo‘lishdir.

LABORATORIYA

Zamonaviy laboratoriya infratuzilmasi

Toshkentdagi laboratoriyamiz ICP-MS, XRF, AAS va boshqa zamonaviy analitik asboblar bilan jihozlangan. 2000 kv.m maydonda 50 dan ortiq mutaxassis ishlaydi.

1+

Standart materiallar

5+

Hamkor mamlakatlar

50+

Mutaxassislar

2000

kv.m laboratoriya

BIZNING JAMOA

Mutaxassislar jamoasi

Yuqori malakali kimyogarlar, metrologlar va laboratoriya mutaxassislari jamoasi

Umidjon Kayumov Yaxyayevich

Standart namuna ishlab chiqarish rahbari

Geologiya va oziq-ovqat kimyosi sohasida 5 yillik tajribaga ega mutaxassis. ISO 17034, ISO/IEC 17025 va 17043 standartlari bo‘yicha O‘zbekiston akkreditatsiya markazining rasmiy texnik eksperti va baholovchisi.

Candost Balcı

Texnik ekspert

Afrika, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Yevropada dala sharoitidan laboratoriya faoliyatigacha bo‘lgan tajribaga ega tog‘-kon sanoati mutaxassisi. QA/QC boshqaruvi, ISO 17025 laboratoriya tizimlari, oltin tahlili va yuqori unumdor kon laboratoriyalarida ko‘p elementli analitik jarayonlar bo‘yicha ixtisoslashgan.

Nigoraxon Abduraxmonova

Sifat nazorati menejeri / kimyoviy tahlil mutaxassisi

Kimyoviy sinov laboratoriyalarida suv va oqava suv tahlili sohasida 4 yillik tajribaga ega mutaxassis. ISO/IEC 17025:2019 standarti talablariga muvofiq laboratoriya boshqaruv tizimlarini yaratish, hujjatlarni ishlab chiqish va akkreditatsiya jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha tajribaga ega. ISO 17034:2021 standarti doirasida standart namuna ishlab chiqaruvchilari uchun hujjatlar tayyorlash, shuningdek risklarni boshqarish va sifatni oshirish yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi.

AKKREDITATSIYA VA SERTIFIKATLAR

Xalqaro akkreditatsiyalar

ISO 17034:2016

Standart namunalar ishlab chiqaruvchisi

Bizning kompaniyamiz standart namuna ishlab chiqarish uchun xalqaro akkredidatsiya jarayonida. Ishlab chiqarilgan standart namunalarimiz bir jinsli, stabil va sifatni ta`minlaydi

ISO/IEC 17025

Sinov va kalibrlash laboratoriyalari

Sinov va kalibrlash natijalari xalqaro darajada tan olinadi. Laboratoriyamiz yuqori aniqlikdagi tahlil usullarini qo'llaydi.

HAMKORLIK

Biz bilan hamkorlik qiling

Sertifikatlangan standart materiallar bo'yicha so'rovingizni yuboring yoki katalogimizni ko'rib chiqing. Mutaxassis jamoamiz sizga yordam beradi.

Katalogni ko'rish